
Muhammad Saloh kelajagi bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatini qaerda davom ettirishi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan hisoblanadi.
Saudiyaliklar misrlik futbolchini olib kelish uchun takliflarini 215 million evrogacha ko‘tardi. Aksariyat ekspertlar klub katta miqdordagi badal puliga 31 yoshli forvardni qo‘yib yuborishini, Salohning o‘zi katta maosh evaziga yangi jamoaga o‘tishini kutgandi.
Biroq, Muhammad Saloh faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishga qaror qildi. Taniqli jurnalist Fransua Platoning xabar berishicha, u hozirgi klubi bilan yangi shartnoma imzolashga qaror qilgan.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy hal bo‘lish arafasida turibdi.
Muhammad Saloh 2017 yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. U klub tarixidagi eng zo‘r to‘purar hisoblanadi.
Fikrlar