Muhammad Saloh mo‘may daromadli ish topib qo‘yganini tan oldi

  • 26 may, 12:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Misr terma jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh yaqinda “Liverpul” bilan yangi shartnoma imzolab, yana ikki yil ushbu klub sharafini himoya qilishga rozilik berdi.

Tecno

Angliya Premer-ligasi chempionligi va to‘purarligiga sazovor bo‘lgan futbolchi “Liverpul”dan ketishga juda yaqin kelganini, o‘ziga boshqa jamoa topib qo‘yganini ham e’tirof etdi.

- Men Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega ekanim haqida o‘ylaganim ham rost. Agar “Liverpul” bilan shartnoma uzaytirilmasa, Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘taman, deb turgandim.

Biz saudiyaliklar bilan juda yaxshi muzokaralar olib bordik. “Real” va “Barselona” variantini ham so‘rayapsizlar. Bu klublar bilan muloqot qilganimiz yo‘q, - dedi Muhammad Saloh.

Muhammad Saloh joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 38 ta uchrashuvda ishtirok etib, 29 ta gol urdi va jamoadoshlariga 18 ta golli pas uzatdi. Har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha misrlik o‘yinchi barcha raqobatchilarini ortda qoldirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!