
Muhammad Saloh muhim qarorga keldi
“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarda maosh masalasidagi talablarini biroz yumshatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Britaniyaning Mirror nashri.
Ma’lumotlarga qaraganda, misrlik futbolchi faoliyatini hozirgi klubida davom ettirishni rejalashtiryapti. Avvalroq, Saloh liverpulliklar bilan kelisha olmasa, “Barselona”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.
O‘z navbatida, Xavi ham zamonamizning eng zo‘r to‘purarlaridan birini o‘z jamoasida ko‘rishga rozi ekani aytildi.
Muhammad Saloh 2017 yildan beri “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda misrlik hujumchi 37 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 28 ta gol va 10 ta assist rasmiylashtirdi.
Fikrlar