Muhammad Saloh qancha gol ursa ham eng zo‘r to‘purarga etolmaydi

  • 11 dekabr, 2023, 16:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 16-turida “Liverpul” futbolchilari “Kristal Pelas” maydonidan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.

Uchrashuvda mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilgan Muhammad Saloh Angliya Premer-ligasidagi 150-golini nishonladi.

Manbalarning ta’kidlashicha, misrlik futbolchi Premer-liganing eng zo‘r to‘purarlari o‘nligiga kirdi. U “Liverpul” va “Manchester Yunayted”ning sobiq hujumisi Maykl Ouenga etib oldi.

Muhammad Saloh uchun navbatdagi nishon “Tottenxem”ning sobiq hujumchisi Jermeyn Defoning natijasi hisoblanadi. Defo Angliya chempionatlarida 162 ta to‘p kiritgan.

Muhammad Saloh chermahsul o‘yin ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, Angliya Premer-ligasining eng zo‘r to‘purari bo‘la olmasligi aniq. Chunki bu nomni o‘zida saqlab turgan Alan Shirer futbolchilik faoliyati davrida o‘z hisobiga 260 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!