Muhammad Saloh Runining tarixiy rekordini yo‘qqa chiqaradi

  • 02.11.2025 09:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining o‘ninchi turida amaldagi chempion “Liverpul” o‘z maydonida “Aston Villa” bilan kuch sinashib, qiyin o‘tgan uchrashuvda 2:0 hisobida zafar quchdi.

Bu g‘alaba bilan mersisaydliklar  chempionatda to‘rt o‘yindan iborat mag‘lubiyatlar seriyasini to‘xtatishni uddaladi.

Squawka statistika markaziinng ma’lum qilishicha, birinchi bo‘lim oxirida hisobni ochgan Muhammad Saloh ajoyib rekordni takrorladi. Angliya Premer-ligasi tarixida shu paytga qadar bir jamoada eng ko‘p samarali harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha rekord Ueyn Runiga tegishli bo‘lib turgandi.

Angliyalik sobiq hujumchi “Manchester Yunayted”da o‘ynagan davrida 276 ta samarali harakatni (183 ta gol va 93 ta assist) amalga oshirgan. Endi bu ko‘rsatkichni 33 yoshli Saloh takrorladi. Misrlik futbolchi hisobida “Liverpul” uchun urilgan 188 ta gol va 88 ta assist bor.

Bundan keyin Muhammad Salohning Angliya chempionatidagi gol yoki assisti uni mutlaq rekordchiga aylantiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!