Muҳammad Saloҳ xayrlashuv bayonotini e’lon qildi

  • 20.04.2026 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2017 yildan beri “Liverpul”da oʻynab kelayotgan va jamoaning muhim gʻalabalariga katta hissa qoʻshgan Muhammad Saloḥ joriy mavsum oxirida klubni tark etishi sababli xayrlashuv bayonotini eʼlon qildi.

- Afsuski, bu kun ham yetib keldi. Buxayrlashuvimning birinchi qismi: men mavsum oxirida Liverpulni tark etaman. Avvalo, shuni aytamaniki, bu klub, bu shahar va bu yerdagi odamlar hayotimda bunchalik katta oʻrin egalashini hech qachon tasavvur qilmaganman.

Liverpul” – bu faqat futbol klubi emas. Bu haqiqiy ehtiros, tarix va faqat shu oilaning bir qismi boʻlgan inson tushuna oladigan oʻziga xos ruh.

Biz birga gʻalabalarni nishonladik, eng muhim sovrinlarni yutdik va qiyin paytlarda bir-birimizni qoʻllab-quvvatladik. Klubdagi faoliyatim davomida yonimda boʻlgan barchaga –  jamoadoshlarimga, hozirgi va avvalgilariga, va albatta, bizning ajoyib muxlislarimizga chin dildan minnatdorchilik bildiraman.

Menga qoʻllab-quvvatlash uchun soʻz topish qiyin – faoliyatimning eng yaxshi va eng ogʻir lahzalarida ham. Bu doim men bilan qoladi. Ketish oson emas. Sizlar menga hayotimdagi eng yorqin onlarni taqdim etdingiz. Men doimo sizlardan biri boʻlib qolaman, bu klub esa men va oilam uchun uy boʻlib qoladi. Hammasi uchun katta rahmat.

Sizlar tufayli men hech qachon yolgʻiz boʻlmayman, - dedi Muhammad Saloḥ.

Saloḥ joriy mavsum barcha musobaqalarda 38 marotaba maydonga tushib, 12 ta gol va 9 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt maʼlumotiga koʻra, uning bozor qiymati 30 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!