Muhammad Saloh xursand bo‘ldi

  • 24 noyabr, 2020, 09:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh Misrda ukasining to‘yida qatnashib, o‘sha erda koronavirus yuqtirib olgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Karantinga olingan va shifokorlar nazoratida davolangan futbolchining dastlabki ikki testi musbat natija bergandi. Saloh ma’lum muddatdan so‘ng uchinchi testni ham topshirdi. “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Kloppning ma’lum qilishicha, bu galgi test futbolchi organizmida virus qolmaganini ko‘rsatgan.

Kasallikdan qutilgan futbolchi APL tibbiy protokoliga binoan kamida o‘n kunlik karantinda o‘tirishi kerak bo‘ladi. Muhammad Saloh joriy mavsumda “Liverpul” safida sakkizta gol urdi.

Futbol o‘ynashni frantsiyalik go‘zallardan o‘rganing! Jamoa besh yil yutqazmadi

Klopp Germaniya termasini boshqaradimi? Mutaxassis o‘z javobini aytdi

Gvardiolani qolgani “Siti” yulduzining faoliyatiga ta’sir qiladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!