Muҳammad Saloҳning agenti mijozining kelajagi haqida gapirdi
“Liverpul”ning eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloҳ joriy mavsum yakunlangach klubni tark etishini e’lon qilganidan so‘ng, uning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Rami Abbas mijozining kelajagi haqidagi savollarga javob berdi.
- Biz Muhammad keyingi mavsumda qaerda o‘ynashini bilmaymiz. Bu shuni anglatadiki, buni boshqa hech kim ham bilmaydi, - dedi Rami Abbas.
33 yoshli misrlik futbolchi 2017 yildan beri “Liverpul”da o‘ynab kelmoqda. Shu vaqt davomida u barcha musobaqalarda 435 ta o‘yinda ishtirok etib, 255 ta gol va 122 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Saloҳning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.
Fikrlar