Muhim to‘qnashuv oldidan “Manchester Siti”da katta yo‘qotish!

  • 26.06.2025 12:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQSh mezbonlik qilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan “Manchester Siti” musobaqa davomida katta yo‘qotishga uchradi.

Tecno

Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola asosiy jamoaga endigina jalb qilingan argentinalik hujumchi Klaudio Echeverri turnir oxirigacha safdan chiqqanini ma’lum qildi.

19 yoshli futbolchi guruh bosqichining ikkinchi turida “shaharliklar” safidagi debyut o‘yinida “Al-Ayn” darvozasini ishg‘ol qilib, gollari hisobini ochgan edi.

- Klaudio Echeverrining to‘pig‘ida muammo bor. Bu jarohatdan qutilish ikki-uch hafta vaqt oladi. Men ham, boshqalar ham bundan afsusdamiz.

“Yuventus”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinda yangi o‘yinchilardan foydalanamiz, shuningdek, ikkinchi bo‘limda ham o‘zgarishlar bo‘ladi. Bu holatda biz 90 daqiqa davomida o‘yin ritmini yuqori darajada ushlab tura olmaymiz. Bu vaziyatdan o‘yinchi almashtirish orqali chiqamiz, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!