Mukofot jamg‘armasi 2 mlrd.so‘mdan oshiq bo‘lgan "Abu Dhabi Grand Slam 2025" musobaqasi boshlanmoqda

  • 22.11.2025 10:53
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo

28-30 noyabr kunlari BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida mukofot jamg‘armasi 154 000 evro(taxminan 2 mlrd. 121 mln. so‘m)ni tashkil etuvchi "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo‘lib o‘tadi.

"Abu Dhabi Grand Slam 2025" musobaqasida dunyoning barcha qit’alari 53 davlatidan jami 398 (240 erkak, 158 ayol) nafar dzyudosi medallar uchun bahs olib boradi. Murabbiylar shtabi tomonidan Abu-Dabi "Katta Dubulg‘a" turnirida ishtirok etuvchi terma jamoamiz tarkibi tasdiqlandi.   

-48 kg: Laziza Haydarova 
-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova 
-57 kg: Shukurjon Aminova 
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva 
-90 kg: Umar Bozorov
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboev

Murabbiylar - Aleksey Budolin, Olimboy Olimov
Shifokor - Aziz Qayumov

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!