Mukoko "Barselona"ga o‘tishi uchun kichik shartga rozi bo‘lishi kerak

  • 27 dekabr, 2022, 13:45
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" germaniyalik hujumchi Yusuf Mukokoni ma’lum shartlar asosida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Sport.es jurnalistlari xabar qildi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 18 yoshli futbolchi bilan o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor, ammo buning uchun futbolchi pastroq maoshga rozi bo‘lishi kerak. Mukokoning o‘ziga qolsa faoliyatini davom ettirish uchun eng optimal variant "Barselona" bo‘lib turibdi.

Ayni damda hujumchining huquqlari Dortmundning "Borussiya" klubiga tegishli. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma kelasi yozda yakuniga etadi. Bu mavsum Mukoko 22 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!