
Mundial finallarida Janubiy Amerika va Evropa jamoalari 10 marta to‘qnash kelgan. Ustunlik kim tomonda?
Bugun Argentina va Frantsiya terma jamoalari o‘rtasida Jahon chempionati g‘olibligi uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da start oladi.
Final oldidan muhim ma’lumotni eslatib o‘tamiz! Unga ko‘ra, mundial final bahslarida Janubiy Amerika va Evropa vakillari 10 marotaba to‘qnash kelgan.
Ushbu uchrashuvlarning 7 tasida janubiy amerikaliklar, 3 tasida esa "ko‘hna qit’a" terma jamoalari zafar quchgan. Bugungi final o‘zaro 11-uchrashuv bo‘ladi.
Fikrlar