Mundial qahramoni Fayzullaev nihoyat tilga kirdi

  • 20.06.2026 09:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev jahon chempionatidagi tarixiy debyutidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Turkiyaning «Istanbul Boshakshehir» klubidan milliy terma jamoaga jalb qilingan mahoratli futbolchi o‘zining instagram sahifasida O‘zbekiston terma jamoasining 2026 yildagi jahon chempionatidagi ilk o‘yinidan suratlar silsilasini joylashtirdi. 

Rasmlar orasida, taxminan, Abbosbekning otasi tushgan, orqa fonda futbol stadioni aks etgan eski kadr ham bor. 

Oxirgi suratda esa quyidagi yozuv ko‘rinib turadi: «Katta orzular ulkan qurbonliklarni talab qiladi».

Futbolchi ushbu postini qisqa izoh bilan chekdi: «So‘zsiz».

Eslatib o‘tamiz, 18 iyun kuni O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatlari final bosqichidagi o‘z tarixidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Mexikodagi dunyoga mashhur «Atsteka» stadionida Kolumbiyaga qarshi bellashuv 1:3 hisobida yakunlandi. 

O‘zbekiston terma jamoasining yagona, biroq tarixiy goliga aynan Fayzullaev mualliflik qildi — u to‘pni o‘yinning 60-daqiqasida darvozaga yo‘lladi.

Kolumbiya darvozasiga kiritilgan to‘p Abbosbek Fayzullaevning nomini futbol tarixiga muhrladi. 22 yoshli Abbos O‘zbekistonning jahon chempionatlaridagi ilk goli muallifi sifatida qayd etildi. 

Bundan tashqari, raqib darvozasini bosh bilan ishg‘ol qilgan Fayzullaev yangi asrda mundialda gol urgan eng bo‘yicha past futbolchi sifatida rekord ham o‘rnatdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!