Mundialga 32 kun koldi! JCh-2022 mezboni Qatar bilan yaqindan tanishamiz

  • 18.10.2022 21:30
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol

JCh-2022 startiga tobora oz vaqt qolmoqda. Tarixda ilk bor mundial arab diyorida va ikkinchi marotaba Osiyoda o‘tkazilmoqda. (2002 yilda Yaponiya hamda Janubiy Koreya turnirga mezbonlik qilgan)

Mazkur turnirning bir qator o‘ziga xos jihatlari mavjud. Jumladan, kuz oyining oxiri va qishning avvalida o‘tkazilishi ham qisman futbol muxlislari uchun bir yangilik. Sababi, biz ko‘rib o‘rganib qolgan mundiallar doim yozda o‘tkazib kelingan.

Qaysi terma jamoalar JCh-2022da ishtirok etishini yaxshi bilasiz. Agar hamon bundan xabardor bo‘lmasangiz yana bir  bor eslatib o‘tib ketamiz.

16552420342319

Mundial startiga 32 kun qolgan va biz ketma-ketlikda termalar bilan sizni tanishtirib o‘tamiz. Demak, "A" guruhi vakili va musobaqa mezbonidan o‘ziga xos "chellendj"imizni boshlaymiz.

Qatar terma jamoasi, Qatar futbol assotsiatsiyasi (QFA)

Tashkil topgan: 1960 yil (FIFA'ga 1970 yilda a’zo bo‘lgan)
Bosh murabbiy: Feliks Sanches Bas
Jamoa sardori: Hasan Al Haydos

Ilk rasmiy bahsi: Bahrayn - Qatar 2:1 (1970 yil)
Eng yirik g‘alaba: Qatar - Butan 15:0 (2015 yil)
Eng yirik mag‘lubiyat: Quvayt - Qatar 9:0 (1973 yil)

Ayni dam mazkur terma jamoa FIFA reytingida 50-o‘rinni band etib turibdi. Ularning reytingda eng yuqori ko‘rsatkichi 42, eng pasti esa 113-o‘rinni tashkil qiladi.

Ushbu yurt termasi bunga qadar o‘tkazilgan Jahon Chempionatlarida ishtirok etmagan. Shunday ekan, ular musobaqa mezboni, shuningdek, ishtirokchisi sifatida ham debyutant. Qatar 2019 yilda Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilgan Osiyo Kubogi g‘olibi hisoblanadi. Finalda ular "kun chiqar yurt" vakillarini 3:1 hisobida taslim etgandi.

20190201-The18-Image-AFC-Asian-Cup-Final-Highlights-GettyImages-1126723828

Turnirgacha bosib o‘tilgan yo‘l

Bilasiz, mezbon terma jamoa Jahon chempionati final raundiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladi. Shunday bo‘lsa-da, ular saralashning 2-raundida ishtirok etdi. "E" guruhida Feliks Sanches Bas shogirdlari 8 bellashuvning 7 tasida g‘alaba qozondi va 1 bora durang natija qayd etdi. Shu tariqa, ular 22 ochko to‘plagan holda, o‘z guruhida peshqadam bo‘ldi. Mazkur guruhda ikkinchi pog‘onani Ummon band etgandi.

Shuningdek, 2021 yilda o‘tkazilgan FIFA Arab Kubogida qatarliklar ajoyib tarzda ishtirok etdi. Guruh bosqichida Ummon, Iroq hamda Bahrayn bilan to‘qnash kelgan terma o‘z kvartetida yuz foizlik natija bilan pley-offga yo‘l oldi. Chorak final bahsida ular BAAni yirik 5:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. Ushbu bosqichdagi Jazoir JCh-2022 mezbonlarini 2:1 hisobida taslim etib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi. 3-o‘rin uchun kechgan o‘yinning asosiy va qo‘shimcha taymlarda 0:0 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa Qatar 5:4 hisobida kuchli raqibdan ustun keldi va turnirning bronza medaliga ega chiqdi.

Bundan tashqari, Qatar JCh-2022ga tayyorgarlik olib borish maqsadida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazdi:

photo_2022-10-18_14-55-51

Tarkibdagi futbolchilarning transfer narxi taniqli "Transfemarkt" talqiniga ko‘ra, 18.33 million evroni tashkil etadi. Bu borada ular O‘zbekistondan pastroq ko‘rsatkich qayd etib turibdi

Eslatma: Ushbu miqdor so‘nggi yig‘inga chaqirilgan futbolchilarning transfer narxiga ko‘ra, hisoblangan. Mundialga chaqirilgan o‘yinchilar nomi hali ma’lum emas.

gettyimages-1357532515-612x612

JCh-2022'dagi taqvimi

Avval aytganimizdek, Qatar o‘zi mezbonlik qiluvchi turnirning "A" guruhida Niderlandiya, Senegal hamda Ekvador kabi termalar bilan bir guruhdan joy olgan. Ularning taqvimi quyidagicha:

20 noyabr

21:00 Qatar - Ekvador

25 noyabr

18:00 Qatar - Senegal

29 noyabr

20:00 Niderlandiya - Qatar

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mirjalol official playon6062@gmail.com
19/10/2022 02:21
Огзи кийшик булса хам бой каманда уйнасин