Murabbiy Abbosbek Fayzullaevga shart qo‘ydi

  • 3 dekabr, 2023, 06:05
  • 0
  • Futbol

Abbosbek Fayzullaev yosh bo‘lishiga qaramay, futbolda ancha katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olyapti. 20 yoshli futbolchi bugungi kunda TsSKA hujumlarini tashkil qilishga mas’ul hisoblanadi.

Fayzullaev sekin-asta O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham o‘ziga joy ajratib olmoqda. Eng muhimi, klubda bo‘ladimi yoki terma jamoada, Abbos maydondagi tushganidan keyin o‘yinni kuchaytirayotgani yoqqol ko‘rinib turibdi.

IMG_1098

Abbosbek Fayzullaevning “Paxtakor”dagi birinchi murabbiyi Dmitriy An shogirdi oldida katta vazifalar borligini ta’kidladi.

- Abbos Turkmaniston terma jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi bilan o‘yin jonlandi. Eron bilan bo‘lgan bahsda ham Fayzullaev mahoratini namoyish eta oldi.

Menga terma jamoada ham unga o‘yin amaliyoti berilayotgani ma’qul kelyapti.

Tez orada uni boshlang‘ich tarkibda o‘ynatishlariga umid qilaman. Abbos asosiy tarkibdagi joyini mustahkamlab olishi kerak.

Fayzullaev o‘yinni kuchaytirayotgani, murabbiy ko‘rsatmalarini to‘liq bajarayotgani va o‘yindan tushib qolmayotgani ko‘rinib turibdi, - dedi Dmitriy An.

2026 yili AQSh, Kanada va Meksikada bo‘ladigan jahon chempionatining saralash turnirini O‘zbekiston milliy terma jamoasi muvaffaqiyatli boshlaganidan xabaringiz bor.

Bosh murabbiy Srechko Katanets terma jamoamizda o‘yinchilarning irodasini anchagina toblaganini namoyish qildi. Turkmaniston bilan bo‘lgan bahsda birinchi bo‘lib o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborgan hamyurtlarimiz keyinchalik uchta gol urib, mag‘lubiyatga g‘alabaga aylantirdi. Ashxoboddagi bahs sun’iy qoplamali maydonda o‘tkazilgan va uning sifati yuqori emasligi futbolchilarimizga qiyinchilik tug‘dirdi.

Toshkentdagi “Bunyodkor” arenasida Eron terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ham futbolchilarimiz iroda ko‘rsatdi. Birinchi bo‘limda kutilmaganda ikkita gol o‘tkazib yuborgan vakillarimiz o‘yinning ikkinchi yarmida hisobni tenglashtirdi. G‘alaba to‘pini kiritish uchun ozgina vaqt va biroz omad etishmadi.

Abbosbek Fayzullaev har ikki bahsda ham zaxiradan maydonga tushirildi va faol harakatlari bilan o‘yinni kuchaytirdi.

Fayzullaev yozdan beri milliy jamoaga jalb qilib kelinmoqda. U hozirgacha oltita o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 20 yoshli hujumkor futbolchi hali milliy terma jamoada birorta bellashuvni to‘liq o‘tkazgani yo‘q.

IMG_4308

Shunga qaramay, Abbos TsSKAda asosiy figuralardan hisoblanadi. U “armiyachilar” safida muntazas boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmoqda va o‘yinda to‘liq ishtirok etyapti.

Buni Fayzullaevdan hech kim kutmagandi

Shomurodov qadrdoning bo‘lsa, jamoangga chaqir!

Legionerimiz: Asosiy tarkibda o‘ynashga tayyorligimni isbotlayman

Murabbiy bu gaplarni Fayzullaev ketib qolgani uchun aytgan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!