
Murabbiy bilan tortishgan "Atalanta" sardori jamoadan ketadi
"Atalanta" sardori Alexandro Gomes joriy qishki transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Sky Sport Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Gomes Chempionlar ligasining "Midtyulland"ga qarshi bahsda bosh murabbiy Jan Pero Gasperini bilan tortishib ketgan va ularning o‘zaro munosabatlariga jiddiy putur etgan.
Alexandroga "Torino"dan qiziqish bo‘lmoqda. Turinliklar uning Andrea Belottiga bilan ajoyib tandem yuzaga keltira olishiga ishonmoqda. Ammo Gomesning yillik maoshi 2 mln evroni tashkil etadi va bu “Torino”ni o‘ylantirib qo‘yishi mumkin.
Alexandro Gomes joriy mavsum A Seriyada 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar