
Murabbiy: Bu futbolchi Shomurodovdan kuchli!
Rossiya premer-ligasi vakili “Axmat” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Talalaev “Zenit” hujumchisi Sardor Azmunga A Seriya klublaridan jiddiy chorlovlar bo‘layotganiga munosabat bildi.
Rossiyalik mutaxassis jurnalistlarning eronlik hujumchiga A Seriya qanchalik mos kelishi haqidagi savoliga Shomurodov misolida javob berdi.
- Bunga Eldor Shomurodovni misol qilish mumkin. Gavdali va shu bilan birga tezkor hujumchilar hamma jamoaga kerak. Shomurodov “Roma”da o‘ynashni uddalayapti. Mening nazarimda, Sardor o‘yin borasida Eldordan ustun. Shuning uchun ham Azmun Italiyaning kuchliroq jamoasiga o‘tsa, o‘zini ko‘rsata oliadi, - dedi Andrey Talalaev.
Eslatib o‘tamiz, Sardor Azmunni sobiq “paxtakorchi” Marat Kabaev kashf qilgan va uni “Rubin”ga olib kelgan edi.
Fikrlar