Asosiy mazmunga oʻtish

Murabbiy ko‘ngilxushlik qilgan futbolchilardan g‘azabda

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Futbolchilarning qaysi harakati murabbiyga yoqmadi?

"Milan" Serjiu Konsesau jamoa futbolchilarining kontsertga borganligi sababli norozilik bildirdi. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri xabar berdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, bosh murabbiy ba’zi futbolchilarning juma kuni "Parma" bilan o‘yin arafasida italiyalik reper Lazzaning kontsertiga borganidan g‘azablangan. Yakshanba kuni milanliklar 92-daqiqagacha yutqazib turgan bo‘lsa-da, yakunda 3:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlanishicha, kontsertda ishtirok etgan futbolchilar orasida o‘yindan keyin Konsesau bilan janjallashgan Davide Kalabriya ham bo‘lgan. Bundan tashqari, tadbirga Teo Ernandes, Ruben Loftus-Chik va Franchesko Kamardalar tashrif buyurishgan.

Ma’lumot o‘rnida, Lazzaning o‘zi ham "Milan" muxlisi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q