
"Murabbiy masalasi atrofidagi gap-so‘zlar fonida: Terma jamoamiz Jahon chempionatiga qanday tayyorlanmoqda?" O‘FA bu haqida ma’lumot berdi
"O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu tarixiy natija mamlakat futboli uchun yangi sahifa hisoblansa, navbatdagi ustuvor vazifa – Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va musobaqada munosib ishtirok etishni tashkil etishdir.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bu borada barcha yo‘nalishlarda tizimli ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, futbolchilarning jismoniy holatini oshirish, raqib jamoalarni chuqur tahlil qilish, tibbiy xizmat faoliyatini kuchaytirish, murabbiylar shtabi tarkibini takomillashtirish, psixologik tayyorgarlikni mustahkamlash, ilmiy-tahliliy yondashuv asosida mashg‘ulot jarayonlarini optimallashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali terma jamoaning musobaqaga eng yaxshi sport formasida tayyorlash maqsad qilingan.
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda milliy terma jamoaga oid turli xabarlar tarqalmoqda. Shuni ma’lum qilamizki, Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayoni aniq reja asosida ketmoqda va barcha yo‘nalishlarni kuchaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu boradagi rasmiy va tasdiqlangan ma’lumotlar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinadi" - deya rasmiy xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi.
Fikrlar