Murabbiy O‘runovning yulduz darajasiga etishiga ishonmoqda

  • 30 oktabr, 2020, 20:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ufa”ning sobiq bosh murabbiyi Vadim Evseev YouTube kanalidagi “Komment shou” ko‘rsatuvida “Spartak”ga ko‘chib o‘tgan Oston O‘runov haqida iliq fikrlarini bildirdi. Jurnalistlar taniqli mutaxassisdan O‘runovning kuchli tomonlari va nega “Spartak”da o‘zini ko‘rsata olmayotganini so‘radi.

Tecno

- Chunki “Ufa” bu “Ufa”, “Spartak” esa “Spartak”. Ostonga vaqt kerak. Uning kuchli tomoni tezkorligi va driblingida. Salohiyati juda kuchli.  TsSKA yarim himoyachisi Nikola Vlashich darajasiga etishi kerak.

- Vlashich darajasiga chiqa oladimi?

- Albatta. Unga vaqt va ko‘proq o‘yin amaliyoti berish kerak.

Ta’kidlash joizki, TsSKA yulduzi Nikola Vlashich joriy mavsumda premer-ligada o‘nta uchrashuvda raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi. Xorvatiya terma jamoasi safida xalqaro maydondagi bellashuvlarda ham muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatayotgan  yarim himoyachini grand klublar nishonga olgan.

Oston O‘runov “Spartak” tarkibida premer-liga va mamlakat kubogida jami oltita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va ikki marta ogohlantirish oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!