Murod Rizaev: Buyog‘iga "Paxtakor" ham, "Nasaf" ham yutqazmasligi kerak. Chunki...

  • 18 aprel, 2022, 16:23
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichida birinchi davra yakunlandi. Klublarimiz uchun 18 apreldan 4-tur bahslari start oladi. Dastlab "Paxtakor" shu kuni o‘yin o‘tkazsa, 20 aprelda "Nasaf" ishtirokidagi uchrashuv shohidiga aylanamiz.

Tecno

Superliga chempioni hisoblangan "sherlar" 3 ochko (1 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat) bilan guruhda oxirgi o‘rinni egallagan. Kubok sohibi "ajdarlar" esa 4 ochko (1 g‘alaba, bir durang, bir mag‘lubiyat) jamg‘argan holda 3-pog‘onani band etgan.

Ushbu natijalar kvotalarga ta’sir qiladi. Shu bois muxlislar xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan klublardan yaxshiroq natijalar kutmoqda. Jumladan taniqli sharhlovchi Murod Rizaev ham.

3431581192211

- Buyog‘iga "Paxtakor" ham, "Nasaf" ham yutqazmasligi kerak. Jadvalda Eron, Qatar bizdan o‘tib ketishi mumkin.

photo_2022-04-16_13-48-46

To‘g‘ri, hali iyunda "So‘g‘diyona" ham qo‘shiladi. Lekin baribir ikkinchi davrada futbolchilarimiz jon jaxdlari bilan o‘ynab nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatishlari kerak. Arab klublaridagi legionerlar kuchliroq, tajribaliroq ekanligini his qilib mas’uliyatni oshirish kerak. "Paxtakor", " Nasaf" yigitlari... Vatan uchun olg‘aaaa, - deya qo‘llab-quvvatlamoqda Murod Rizaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Канат Копжасаров
19/04/2022 16:01
Суюнов да дух йоқ
Канат Копжасаров
19/04/2022 16:00
Пахтакор мурабии яхшимас екан.Дарвозабонни Алмаштириш керак
&
Восток
17/04/2022 21:21
Уйланишга урин йук факат олга
Хасанов Сахобиддин
17/04/2022 17:32
Хаа тугри айтасиз Мурод ака