Murodjon Ahmadalievning navbatdagi jang sanasi deyarli ma’lum...

  • 11 yanvar, 2021, 09:35
  • 0
  • Boks
Chery Tigo 7 PRO

Profescional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55 kg) WBA Super va IBF chempioni Murodjon Ahmadaliev (8-0, 6 KO) o‘zining navbatdagi jangini mart oyida o‘tkazishi mumkin. Bu haqda bokschining murabbiyi Joel Dias desertsun.com nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Ahmadaliev katta ehtimol bilan IBF vaqtinchalik jahon chempioni va majburiy da’vogar yaponiyalik Ryosuke Ivasadan (27-3, 17 KO) o‘z kamarini himoya qiladi. Jang mart oyining aynan qaysi kuni bo‘lishi e’lon qilinmagan. Ammo, 13 mart kuni "Matchroom" kompaniyasi Amerika Qo‘shma Shtatlarida jang kechasi tashkil etadi. Ahmadaliev ham aynan mana shu kechada jang qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!