
Musiala "Bavariya"ni tark etmoqchi
"Bavariya" yarim himoyachisi Jamal Musiala jamoasini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda "Mirror" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Musialaga bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan birga ishlash yoqmayapti. Jamal ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblamoqda.
Angliyaning "Liverpul" klubi vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi. Musialaning transfer narxi 100-110 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar