
Mussa Dembele qishda boshqa klubga o‘tish o‘tmasligiga oydinlik kiritdi
"Lion"ning frantsiyalik hujumchisi Mussa Dembele qishgi transfer oynasi vaqtida klubini almashtirish niyati yo‘qligini aytib o‘tdi.
"Men "Lion" futbolchisiman va mavsum so‘nggigacha bu o‘zagaradi deb o‘ylamayman.
Men haqimda turli gap-so‘zlar ko‘paymoqda, ammo bularga e’tibor bermasdan, maydondagi harakatlarim haqida o‘ylayapman", - deydi Dembele.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Dembele uchun MYu va "Chelsi" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar