
Muxammadali Abdurahmonov:1800 o‘rindagi shaxmatchilar ham jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi
Hindistonda shaxmat bo‘yicha bo‘lib o‘tgan G‘arbiy Osiyo chempionatida rapid yo‘nalishida oltin, standart yo‘nalishida bronzani qo‘lga kiritgan, FIDE toifasidagi xalqaro sport ustasi Muxammadali Abdurahmonov bilan O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuoti xizmati qisqacha suhbatda bo‘ldi.
Chempionat taassurotlari...
Hindiston mazkur musobaqani juda yaxshi tashkil eta olgan. Ishtirokchilar juda kuchli edi. Buni tan olish kerak. Eng qiyin partiya, standart bahslarida Hindistonlik raqibim bilan 8 -turda bo‘ldi. Uzoq davom etgan qarama-qarshilikda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldim.
Federatsiyaning safar tashkillashtirishdagi yordami...
Safar harajatlarini O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi qoplab berdi. Buning uchun alohida raxmat aytishim kerak. Eng asosiysi ruhiy dalda kuchli bo‘ldi. Ustozim Marat Jumaev turnirga qadar yaxshi tayyorladilar. Ko‘proq tartibli o‘yin ko‘rsatishni maslahat berdi. Musobaqaning birgina qiyin jihati bir kunda 2 ta tur o‘tkazilganida bo‘ldi. Bunday holatda tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt kam bo‘ladi. Energiya ham ko‘p sarflanadi, har bir o‘yinnng 3-4 soat davom etishi, ruhiy toliqishni ham yuzaga keltiradi. Shunday bo‘lsada, biz bunga tayyor holatda borgan edik. Bu o‘z natijasini ko‘rsatdi.
Raqiblarning saviyasi borasida...
Oddiy shaxmatchilarni ko‘rmadim. Reytingdan juda past o‘rin olgan, jumladan, 1800- pog‘onani band qilgan sportchilar ham munosib qarshilik ko‘rsata olishdi.
Dil so‘zlari...
Birinchi o‘rinda ota-onamga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Doimo, qo‘llab -quvvatab kelishadi. Murabbiyim Marat akaga hamda federatsiya mutasaddilariga ham raxmat deb qolaman.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati.
Fikrlar