
Muxlislar Messining “Barsa”da qolishiga qarshi
Ispaniyaning AS nashri maxsus so‘rov o‘tkazib, muxlislardan Messining “Barselona”da qolishiga o‘z munosabatlarini bildirishni so‘radi.
So‘rovnomada 26 mingdan ziyod futbol ishqibozlari ishtirok etdi. Eng qizig‘i, ularning 61,42 foizi Lionel Messining klubda qolishiga qarshi ovoz berdi.
2003 yildan buyon kataloniyaliklar safida to‘p surib kelayotgan argentinalik hujumchi yaqinda klubdan ketishga qaror qilgandi. Biroq, klub rahbariyatining qat’iyati tufayli Leo klubni tark eta olmadi. Bu mojaro futbolchining obro‘sini to‘kkani qoldi xolos.
Messi endi jim turmaydi. Leo mojaro bo‘yicha bor haqiqatni aytdi!
Fikrlar