
Messi endi jim turmaydi. Leo mojaro bo‘yicha bor haqiqatni aytdi!
“Barselona” etakchisi Lionel Messi jahon futbolda shov-shuvga sabab bo‘lgan klubdan ketish haqidagi qaroridan so‘ng yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha bor gapni aytib berdi.
- Men oilamga klubdan ketish niyatim haqida aytganimdan keyin ularning ko‘zida yosh qalqidi. Farzandlarim Barselonadan ketishni va o‘zlari ko‘nikib qolgan maktabini o‘zgartirishni istamadi. Lekin men kelajakka umid bilan boqib, Chempionlar ligasida va boshqa turnirlarda ko‘plab sovrinlarni yutishni xohlayman.
Chempionlar ligasida yutish uchun kurashish lozim Biz keyingi yillarda kurashmay qo‘ydik. Bu Rimda, Liverpul va Lissabonda ham takrorlandi. Bularning bari meni ketish haqidagi qarorimni tezlashtirdi.
Men klubdan o‘zim istagan paytda keta olishimga ishonardim. Chunki klub prezidenti Bartomeu ham menga mavsum yakunlangach, ketishim mumkinligini aytgandi. Endi u ketishimni 10 iyungacha aytishim kerakligini ta’kidlayapti. Axir biz bu paytda La Ligada chempionlik uchun kurashayotgan edik.
Meni klubda qolishga majbur qilgan birinchi omil klub rahbariyatining menga transfer uchun 700 million evro to‘lanishi shartligini aytgani bo‘ldi. Bu summani to‘lash imkonsiz ekanini hamma biladi.
Sud orqali ketishim ham mumkin edi. Lekin men “Barselona”ga bo‘lgan hurmatim va muhabbatim yuzasidan klubni hech qachon mahkamaga tortmayman. Men “Barselona”dan yaxshi joy topa olmasligimni ham bilaman. Lekin men tanlash huquqiga egaman. O‘z oldimga o‘zim yangi maqsad va marralarni qo‘yishim mumkin, - dedi Lionel Messi.
Fikrlar