
Muxlislar nafratlanadigan futbolchilar (Erkin G‘aybullaev blogi)
Ba’zida futbolchilar boshqa jamoaga muxlislik qilishlarini OAV orqali bildirib qo‘yishadi. Ba’zi holatlarda ular boshqa jamoaga o‘tishga moyillik bildirashadi. Oqibatda futbolchi va jamoa muxlislari o‘rtasida turli mojarolar boshlanadi. Shunday futbolchilar haqida suhbatlashamiz.
Neymar PSJ muxlislariga qarshi.
Parijliklar klassik uslubdagi “Pul karmoni” bo‘lsa ham, jamoa muxlislari kechagi emas. Neymar, uning otasi, Messi, Bartomeu va hatto, PSJ “boss”lari ham futbolchini “Barselona”da o‘ynash istagi borligini tasdiqlashganidan so‘ng, konflikt sababi ravshanlashdi. Muxlislar avvaliga, jamoa o‘yinlariga boykot e’lon qilishmoqchi bo‘ldi, keyin butun jamoani ayblash noto‘g‘ri ekanlini tushunib, hujumchiga ultimatum qo‘yishdi – kechirim so‘rash va bor kuchi bilan o‘ynash. Neymar esa bu so‘zlarga e’tibor qilgani yo‘q. U Messining jamoasiga o‘ta olmaganidan afsusda. Va u o‘zi istagandek o‘ynashda davom etadi.
Ikardi “Inter” tiffozilariga qarshi.
Mauro bilan kim konfliktga borgani aniqmas, ammo yana bir marotaba klub va futbolchi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelyapti, yana Vanda Nara ismi tilga olinmoqda. Argentinalik xonim janjalli vaziyatlar markazida bo‘lishni yoqtiradi. Vanda Nara 2016-yil Ikardi 23 yosh paytida avtobiografiya yozishiga turtki bo‘ladi. Natijada, muxlislar biografiyani o‘qishadi va Mauroni o‘ylab topilgan faktlar yozganlikda ayblashadi. Bir yil o‘tib tribunadagi muxlislar bilan kelishmovchiliklar yuzaga keladi. O‘tgan yili esa Vanda Brozovich bilan ishqiy munosabatda degan mish-mishlar tarqaldi. Marselo va Mauro kelishmay qolishdi. Sal o‘tib Perishich esa do‘sti uchun qasos oladi. Exx, yana mish-mishlar markazida Vanda!
Bistrov “Zenit”chilarga qarshi.
Birinchidan, Bistrovning o‘ylamasdan gapiradigan odati bor, “Spartak”ka o‘tganidan so‘ng “Zenit” muxlislariga qarshi provakatsiya qilish uchun sabab topildi. Ikkinchidan, muxlislar ham agressiv kayfiyatda edilar. Shuning uchun xavbekning Sankt-Peterburgga kelganini eshitgan muxlislar uni hatto, magazinga kirishiga yo‘l qo‘ymadilar. “U odam edimi?” deb yozilgandi Bistrov Gollum sifatida tasvirlangan bannerda Deyarli bir yillik kelishmovchiliklardan so‘ng, 2010-yil muxlislar va Vladimir sulh tuzishganini e’lon qilishdi.
Beyl “Real” muxlislariga qarshi.
El’-Klasiko vaqtida hushtakbozlik qilishdi, tarmoqlarda kurakda turmaydigan so‘zlar yozishdi, mashinaga hujum uyushtirishdi, butun yoz mobaynida Beylni tarkibdan chiqarib tashlashga uringan Zidanni qo‘llab-quvvatlashdi. Buncha voqealardan so‘ng, Garetni xuddi ertak qahamonlaridek tasavvur qilsa bo‘lardi. Bu erda futbolchining ham aybi bor. “Real”dagilarning o‘zlari gazetalarga aytishgan, Garet faqatgina muxlislar bilan emas, balki, jamoadoshlari bilan ham konfliktga borgan. Ispaniyada aytishadiki, futbolchi har doim ham jarohat sabab o‘ynashdan bosh tortmagan, shifokorlarning uning qarashlarini ham hurmat qilishgan. Agentning g‘alati izohlari, yana golf ham mikrojarohatlar sababchisi bo‘lishi mumkin. Ba’zida esa muxlislar ham judayam qattiq pozitsiyaga o‘tib olishadi. Beyl ham indamay qo‘ymaydi.
Glushakov “Spartak” fanatlariga qarshi
Tribunada jamoa sardori sabab bo‘sh o‘rindiqlar bor edi. Denis versiyasida muxlislarning kechikib kelishi, umuman kemasligi Glushakovning o‘zini tushishi bilan bog‘liq ekanligini bu reaksiyalardan ma’lum bo‘ldi, rahbariyatga. Denis hech qachon yomon o‘yinlarida o‘zini aydor his etmagan, doimo atrofdagilarning negativ ta’siri sabab deb bilgan. “Spartak” muxlislari rahbariyatdan oldin futbolchini “tishlab olishdi”. Keyingi safar esa taslim bo‘lishdi.
Sadaev va Kadiev “Beytar” utraslariga qarshi.
Bu erda hammasi ayanchli bo‘lgan. Irqchi va shovinistlar juda oson g‘olib bo‘lishgan, ular hatto, o‘z pozitsiyasini yashirishmagan ham. Ularni, ikki musulmonni jamoasida islom diniga e’tiqod qiluvchilar bo‘lmagan Isroil klubiga ijaraga bergan geniyni ko‘rsating. Hamma uchun tushunarli edi Sadaev va Kadiev nima uchun “Beytar”da ekanligi. Muxlislar keyinchalik jamoa aksiyalarini Rossiya va Qozog‘iston biznesmenlariga sotgani uchun klub xo‘jayinining uyiga hujum uyushtirishadi. Natijada xaridorlar bu g‘oyadan voz kechishadi. Bu orada Sadaev va Kadievlar aziyat chekishga ulgurishadi. Rossiyadan kelgan yangi futbolchilarni qo‘llab-quvvatlagani uchun yangi futbolchilarga qo‘shib mahalliy futbolchilarni ham toshbo‘ron qilishadi. Keyinchalik bezorilik qilgan o‘sha bir guruh muxlislarni qo‘lga olishdi va ularga jiddiy ayblov – klub bazasini yoqishga uringanlik aybini qo‘yishdi.
Shirokov “Zenit” muxlislariga qarshi.
Klassik janr. Roman bir qancha haqoratomuz so‘zlarni biladi va “Zenit” muxlislari esa o‘ziniki bo‘lganlar ichidan begonalarni qidirishni yoqtirishadi. Shirokov ularni haqorat qilishi mumkin, muxlislar esa unga “Zenit”da ko‘p yillar o‘ynaganini, pul va sovrinlar yutib olganini, shunday bo‘lsa-da SSKA muxlisi bo‘lib qolganini eslatishlari mumkin. Aslini olganda muxlislar ham xuddi Romanni o‘ziga o‘xshab agressiv munosabat bildirishga harakat qilishardi. Shunga qaramasdan tan olish kerakki, shunchalik surbet bo‘lishiga qaramasdan xavbek futbolni juda yaxshi o‘ynardi. Ammo tribunadagilar futbolchi ortiqcha gap gapirmasligini xohlashai, lekin Roman gapiraverishda davom etdi.
Futbolchilarga ommaning fikri ta’sir qiladimi?
Neymar PSJ muxlislari fikri unga qiziq emasligini e’lon qila olmaydi. O‘zi umuman olganda ular Neymar uchun kim? Futbolchi Fransiyada qolishidan judayam afsuslandi, ammo transfer ishlarida otasi qatnashgani uchun ham hech kimni ayblolmaydi. Shuning uchun Amerika ochmaymiz bu mavzudan.
Besh yil oldin Britaniya gazetasi bir futbol yulduzi bilan intervyu uyushtirgan, lekin ismini sir saqlashgan. Va mana shu yigit –Runi, Ferdinand, Lempard va Jerrard darajasidagi futbolchi futbolchilar uchun muxlislar fikrini umuman qizig‘i yo‘qligini aytgan.
Odatda futbolchilar faqatgina o‘zlari futbolni tushunamiz deb hisoblashadi. Sportchilarning ko‘pgina qismi – egoist. Ularni katta pullar buzadi. Shuning uchun ikkala tomonning tarixi ham o‘ziga yarasha. Futbolchilar ham farishta emas.
Bu ro‘yxatda aybdor bo‘lmagan tomonlar juda kam. Yaqin tarixga nazar solaylik, Neymar parijlik muxlislar orzusi bo‘lgan ChL kubogini olib kelmasdan turib “Barselona” haqida orzu qildi va klubga nisbatan sodiqligini ko‘rsatmadi.
Ba’zida qo‘llab-quvvatlashlarni qadriga etmagan futbolchilar mashmashalarni boshlashadi. Ular o‘z egolarini boshqara olishmaydi. Neymar haddidan oshdi, shunda ham muxlislar yumshoqroq bo‘lishdi. Agarda boshqa jamoalarda klubga nisbatan sodiqlik ko‘rsatilmasa, muxlislar tomonidan yomon oqibatlar keltirib chiqarilishi mumkin edi.
Fikrlar