
Muxtorxon Tashxodjaev Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining faxriy ordeni bilan taqdirlandi, Asila Mirzayorova qit’amizning “Eng yaxshi ayol para atleti”deb topildi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Osiyo Paralimpiya qo‘mitasining (APC) yakuniga etib borayotgan joriy 2023 yil sarhisobi bo‘yicha eng munosiblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti – O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaevning yurtimizda va Osiyo qit’asida Paralimpiya harakatini rivojlantirishda qo‘shayotgan xizmatlari munosib baholandi va tashkilotning Osiyo ordeni bilan taqdirlandi.
Yana bir ahamiyatli jihati, para engil atletika bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni, Xanchjou-2022 Para Osiyo o‘yinlari g‘olibi Asila Mirzayorova esa qit’aning “Eng yaxshi ayol para atleti”degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar