MYu "Atletiko Madrid" futbolchisiga ko‘z tikmoqda

  • 28.11.2025 20:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko Madrid" futbolchisi Konor Gallaxerni bir necha oydan buyon "Manchester Yunayted" klubi skautlari kuzatib kelmoqda. 

Jurnalist Fabritsio Romanoni bergan ma’lumotiga ko‘ra, Gallaxer hali ham "qizil iblislar"ning qiziqishlari doirasida, ammo klubning asosiy transfer maqsadlari qatorida emas. "Atletiko" takliflarni ko‘rib chiqadi. Lekin ularga ijara varianti to‘g‘ri kelmasligini aytilmoqda. Futbolchini to‘laqonli sotib olish esa katta ehtimol bilan mankunianliklarning rejalariga to‘g‘ri kelmaydi. Angliyalik xavbek "matracchilar"ning boshlang‘ich tarkibidan muhim o‘rin egallamaydi. Bu esa futbolchini qishki transfer oynasida vaqtida boshqa klubga o‘tish ehtimolini oshiradi.

Konorning hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 40 million evroni tashkil etadi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi joriy mavsum "Atletiko" safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!