MYu "Barselona" futbolchisi uchun 80 million taklif qilgan

  • 13.08.2025 16:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Sebasten Vidalning ma’lum qilishicha, ingliz grandi 22 yoshli futbolchi uchun "ko‘k-anorranglilar"ga taxminan 80 million evro taklif qilgan. Manbaga ko‘ra, moliyaviy qiyinchiliklar fonida "Barselona"ga bunday taklifni e’tiborsiz qoldirish oson emas, garchi Lopesning o‘zi hali kelajagi borasida bir qarorga kelmagan bo‘lsa-da.

O‘tgan mavsumda kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi barcha turnirlar hisobida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Avvalroq, Lopes yangi mavsum starti oldidan "Barselona"ni tark etmoqchi emasligini ma’lum qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!