MYu "Barselona" futbolchisini APLga qaytarmoqchi

  • 28 dekabr, 2022, 06:56
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" futbolchisi Memfis Depay faoliyatini yana Angliya Premer ligasida davom ettirishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisini "tumanli albion"ga qaytarmoqchi. MYu niderlandiyalik hujumchini ijaraga olishni rejalashtirgan.

Bosh murabbiy ten Xag Depayni oldingi chiziqni kuchaytirishga qodir variant deb hisoblayapti. Manbaga ko‘ra, tomonlar mavsum avvalida ham muzokara olib borgan. Biroq yakunda kelishuv muvaffaqiyatsiz yakunlangandi.

28 yoshli forvard 2015-2017 yillar oralig‘ida ham "qizil iblislar" sharafini himoya qilgan. O‘shanda uning transferi "omadsiz" deb baholangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!