MYu "Bavariya" futbolchisi bilan muzokara o‘tkazmoqda
«Manchester Yunayted» klubi «Bavariya» vingeri Kingsli Komanni o‘z safida ko‘rmoqchi.
The Athletic nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “qizil iblislar” allaqachon nemis grandi bilan 24 yoshli frantsuzning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.
Ta’kidlash lozimki, vinger pozitsiyasi bo‘yicha MYuning asosiy maqsadi “Borussiya” a’zosi Jeydon Sancho hisoblanadi. Ammo, Koman ham ushbu ro‘yxatda bor.
Koman joriy mavsum “Bavariya” safida Bundesligada 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 4 ta goll uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar