
"MYu" darvozaboni "Inter" bilan kelishuvga erishdi
"Manchester Yunayted" klubining ikkinchi raqamli darvozaboni Serxio Romero kelgusi mavsumni Italiya A Seriyasida davom ettirishga yaqin turibdi.
Mediaset Premium nashrining xabar qilishicha 30 yoshli argentinalik futbolchi Milanning "Inter" klubi bilan ikki yillik kelishuvga erishgan. Ammo, kelishuvning moliyaviy tomonlari hali ochiqlanmayapti.
Ma’lumot uchun, Romeroning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar imzolangan. U joriy mavsum "qizil iblislar" safida jami 14ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Fikrlar