MYu yetakchisi faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini Bundesliga klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "MatchDayCentral" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, 31 yoshli futbolchining xizmatlariga "Bavariya" klubi qiziqish bildirmoqda. Myunxenliklar xavbekni yozda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Portugaliyalik futbolchining hozirda “transfermarkt” portalidagi narxi 40 million yevroni tashkil etadi. Uning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Brunu MYu safida 2020 yildan beri harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida yarim himoyachi 310 ta uchrashuvda maydonga tushib, 103 ta gol kiritdi va 95 ta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.
Fikrlar