MYu yetakchisi faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini Amerikaning MLS ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "DailyMail" nashri ma'lum qildi.
Manbada berilgan ma'lumotga koʻra, braziliyalik futbolchining xizmatlariga Amerikaning "Los-Anjeles Gélaksi" klubi qiziqish bildirmoqda. Xavbekni MLSga koʻchib oʻtishi yozda amalga oshishi mumkin. Tomonlar hozirda kelishuvni transfer oynasiga qadar tayyorlash uchun bosqichma-bosqich muzokaralar olib bormoqda.
Ma'lumot uchun, yaqinda 33 yoshli xavbek yozda jamoani tark etishini ma'lum qilgandi. Yarim himoyachi joriy mavsum "qizil iblislar" safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar