
MYu futbolchisi "Vest Xem"ga qaytishni nega xohlamadi?
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard o‘tgan mavsumda ijarada o‘ynagan "Vest Xem"ga qaytishni istamadi. Bu haqda 90min sayti xabar tarqatmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, angliyalik futbolchi "Manchester Yunayted"da qolishga qaror qilgan. U asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashmoqchi.
Avvalroq, "Vest Xem" Lingard uchun 35 million evro taklif qilishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Natijada London klubi TsSKA yarim himoyachisi Nikola Vlashichni 30 million evroga sotib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Lingard o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Vest Xem" da o‘tkazdi. Yarim himoyachi 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar