
MYu g‘aflatda qoldi. Sulsher alamda
“Manchester Yunayted” yaqin kelajakda jamoaga katta foyda keltirishi kutilgan “Birmingem” yarim himoyachisi Jud Bellingemni transfer qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Manchesterliklar 16 yoshli futbolchi uchun yanvar oyida 30 million funt taklif qilgandi.
Endi bu futbolchi “Borussiya” jamoasiga qo‘shilish uchun Dortmundga boradigan bo‘ldi. Shartnoma summasi sir tutilyapti. Jud Bellingemning o‘zi “Borussiya”ni tanlagani aytilmoqda. Chunki u bo‘lajak jamoasida yaxshigina o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga ishonmoqda.
Bellingem yosh bo‘ldishiga qaramay, “Birmengim”ning asosiy tarkibi a’zosi hisoblanadi. Yarim himoyachi joriy mavsumda Chempionshipda 32 ta o‘yinda to‘rtta gol urdi.
Fikrlar