MYu hammadan ko‘p zarar ko‘radi

  • 07.04.2020 16:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" premer-ligada yuzaga kelgan tanaffus paytida APL klublari orasida eng ko‘p zarar ko‘radi.

Aytish kerakki, APL o‘yinlari koronavirus tufayli noma’lum muddatgacha qoldirildi.

“Qizil iblislar” zararning asosiy qismini teletranslyatsiyalardan ko‘radi. Bundan tashqari, klub o‘yinlarni o‘tkazishdan topadigan tijoriy daromadini yo‘qotadi.

"Manchester Yunayted" shu tariqa 131 million evro zarar ko‘radi. Bu boradagi keyingi ko‘rsatgichlar "Manchester Siti" (123 mln), "Liverpul" (102,6 mln), "Chelsi" (103 mln), "Tottenxem" (94 mln) va "Arsenal"ga (85 mln) tegishli.

APL klublarining aksariyati ushbu zararlarni qoplash uchun futbolchilarning maoshlarini qisqartirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!