MYu hujumchisi yangi mavsumni Bundesliga klubida boshlaydi

  • 14.08.2020 18:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted” hujumchisi Taxit Chong endi o‘z kuchini Germaniya chempionatida sinab ko‘radi.

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 20 yoshli gollandiyalik futbolchini «Volfsburg» ijaraga oladi. “Bo‘rilar” bu borada mankunianliklar bilan deyarli kelishuvga erishib bo‘lgan.

Chong o‘tgan mavsum «Manchester Yunayted» safida premer-ligada 3 ta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, uning narxi 6,3 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!