“MYu” Ibragimovich o‘rniga Levandovskini olib kelmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Robert Levandovskini Zlatan Ibragimovichga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Don Balon nashrining xabara berishicha, Mourino polshalik hujumchini Premer-ligaga olib kelib, o‘zini bu erda sinab ko‘rishi uchun imkoniyat bermoqchi.

Biroq Robert Levandovski bilan muzokaralarga “Manchester Yunayted”ning mavsum yakunida EChLga chiqa olmay qolishi katta to‘siq bo‘lishi mumkin. Hozirda “qizil iblislar” APLning kuchli to‘rtligiga kirish uchun kichik imkoniyatga ega yoki Evropa Ligasida zafar quchishi talab qilinadi.

Lewandowski

Robert Levandovski “Bavariya” safida 89 o‘yinda 71 golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!