MYu "Inter" bilan futbolchi almashtirishni xohlamadi

  • 26 iyun, 2019, 22:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati "Inter" bilan futbolchi almashtirishni rad etdi.

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku evaziga “qizil iblislar”ga o‘zining argentinalik forvardi Mauro Ikardi yoki belgiyalik yarim himoyachisi Raja Nainggolanga hamda ma’lum miqdorda pul mablag‘i taklif qilishgan. Biroq, mankuanliklar Lukakuni faqatgina 80 mln evro evaziga qo‘yib yuborishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Lukaku o‘tgan mavsum APLda 32ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 12ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!