MYu katta umidlar bilan olgan yulduz zudlik jamoani tark etadi

  • 14 yanvar, 2021, 19:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda “Manchester Yunayted”ni kuchaytirish uchun olib kelingan Donni van de Bek qishki transferlar yakunlangunicha jamoani tark etishga qaror qildi. “Ayaks”ning sobiq yulduzi yangi jamoada Sulsherning munosabatidan norozi bo‘lmoqda.

Niderlandiyaning eng iste’dodli futbolchilaridan hisoblangan 23 yoshli Donni 34,1 million funtga xarid qilingan edi. Lekin asosiy tarkibga kira olmadi. U ortiqcha gapirib qo‘ymaslik uchun jurnalistlar bilan muloqotdan qochmoqda.

“Manchester Yunayted” rahbariyati ham Donni van de Bekni qo‘yib yuborishga qarshi emas va unga yangi ish joyi qidirmoqda. Yarim himoyachiga qiziqayotganlar orasida “Inter” bor. Milanliklar niderlandiyalik futbolchisi daniyalik pleymeyker Kristian Eriksenga rokirovka qilishni taklif etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!