MYu Kavanini tekinga o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 14 oktabr, 2019, 15:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi forvardi Edinson Kavani joriy mavsum yakunlangach jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli urugvaylik to‘purarga “Manchester Yunayted”dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda. Mankuanliklar o‘zining belgiyalik markaziy hujumchisi Romelu Lukakuni “Inter”ga sotib yuborishgach uning o‘rniga munosib hujumchi qidirishmoqda.

O‘z navbatida Kavanining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi va shu bois MYu uni erkin agent sifatida tekinga tarkibga qo‘shib olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Kavani joriy mavsum Frantsiya chempionatida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!