Asosiy mazmunga oʻtish

MЮ keyingi mavsumga murabbiy tanladi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

44 yoshli Kerrik 2026 yil 13 yanvardan buyon klubning vaqtincha boshqaruvdagi murabbiyi hisoblanadi

“Manchester Yunayted” klubining rahbariyati shu hafta bo‘lib o‘tadigan majlisda jamoa murabbiyligiga oid so‘nggi qarorga keladi, ular Maykl Kerrik variantini asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Bu haqida The Athletic xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, bosh direktor Omar Berrada hamda sport direktori Jeyson Uilkoks Kerrikni keyingi mavsum jamoada olib qolish niyatida, va bu haqida klubning aksiyadori Jim Redkliffga taklif bilan chiqishga tayyor. Karringtondagi murabbiylar bazasida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda Kerrik ham qatnashadi va klub murabbiyligiga saylanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, manchesterliklar “Bornmut”dan Iraola hamda “Aston Villa”dan Unay Emeri variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

44 yoshli Kerrik 2026 yil 13 yanvardan buyon klubning vaqtincha boshqaruvdagi murabbiyi hisoblanadi.

Abduvaliev Azizbek

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q