MYu mashhur hujumchidan voz kechdi

  • 14 mart, 2021, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Edinson Kavaning “Manchester Yunayted”dagi faoliyati oxirlab borayotgan ko‘rinadi. Avvalroq, klub rahbariyati  urugvaylik hujumchi bilan yozda yakunlanadigan shartnomani uzaytirishni rejalashtirayotgan edi.

Biroq, “Manchester yunayted” rahbariyati Kavanining jismoniy tayyorgarligi etarli darajada emasligini inobatga olib, uni shartnoma tugashi bilan qo‘yib yubormoqchi. Kavani irqchilikda ayblanib, diskvalifikatsiyani o‘taganidan keyin, mushaklaridagi jarohatlarni davolatishiga to‘g‘ri keldi.

Urugvaylik yulduzning ham Angliya futbolidan hafsalasi pir bo‘lganini ta’kidlash joiz. Futbol mutasaddilari uni “negrito” degan so‘zni ishlatgani uchun jazoga tortganini qabul qila olmayapti. Kavanining otasi ham o‘g‘li Angliyadan ketmoqchi ekanini ma’lum qildi.

Kavani premer-ligada 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urdi va ikkita golli pas oshirdi. Hujumchi “Boka Xuniors” bilan muzokara olib borayotgani haqida ham xabarlar tarqatilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!