MYu Pogbani 100 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Ammo...

  • 14.02.2020 19:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogbaning transfer narxi bo‘yicha bir qarorga keldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 26 yoshli futbolchini 100 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, Pogbaga "Real" va "Yuventus" klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjud. Biroq, ularning hech biri MYu talab qilayotgan mablag‘ni to‘lamoqchi emas.

Shu bois Pogbaning agenti Mino Rayola “Manchester Yunayted” rahbariyati bilan gaplashib, mijozining transfer narxini kamaytirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!