
MYu Pogbani qishda hech qaerga qo‘yib yubormaydi
“Manchester Yunayted” rahbariyati yarim himoyachi Pol Pogbani qishki transferlar davrida “Yuventus”ga qo‘yib yubormaydi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga qaraganda, turinliklar shunga qaramasdan, frantsiyalik futbolchini yozgi transferlar davrida bo‘lsa ham, sotib olishga urinib ko‘radi.
Pogba joriy 2020/2021 mavsumda “Manchester Yunayted” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Bundan avvalroq, Pogbaning agenti Mino Rayola mijozining “Manchester Yunayted”dan ketishiga sha’ma qilgan edi. Unga PSJdan ham qiziqishlar bor.
Fikrlar