MYu Pogbaning narxini e’lon qildi

  • 06.02.2020 21:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaga qiziqish bildirayotgan "Yuventus"ga uning narxini e’lon qildi.

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qizil iblislar” frantsiyalik futbol yulduzini 140 mln evroga baholashmoqda. Biroq, muzokaralar davomida ushbu summa pasayishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, MYu Pogbani 2016 yil aynan “Yuventus”dan 105 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum jarohatlar sabab bor yo‘g‘i 8 ta o‘yinda ishtirok etdi va 2 ta golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!