MYu "Portu" "yashirib yurgan" vunderkindni nishonga oldi

  • 24.05.2020 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Nani eski jamoasi rahbariyatini Portugaliyada zo‘r himoyachi voyaga etayotganidan xabardor qildi.

Nani bergan ma’lumotga qaraganda, “Portu” tarbiyalayotgan Nunu Mendeshni yorqin kelajak kutmoqda. “Portu” rahbarlari 17 yoshli markaziy himoyachini hali ko‘z-ko‘z qilgani yo‘q. Futbolchiga Portugaliya oliy divizionida to‘p surish imkoniyatini berishmayapti.

Asosan yoshlar musobaqasida to‘p surayotgan futbolchining klub bilan shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi. Shuning uchun “Manchester Yunayted” uni shu yozda arzonga qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. Agar “Portu” uni shu yilning o‘zida transfer qilmasa, himoyachi keyingi yili erkin agent maqomida istagan jamoasiga bepul qo‘shiladi.

MYu Pogba uchun “Yuventus”dan uch futbolchini so‘radi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!